Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi raisi, “11-Yangiqo'rg'on” saylov okrugidan saylangan viloyat deputati Negmatov Shuhrat Xudoyberdiyevich O'zbekiston mahallasi fuqarolari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Deputat o‘z faoliyatida aholining turmush farovonligini oshirish, ijtimoiy muammolarni bartaraf etish va fuqarolar bilan bevosita muloqotga alohida e’tibor qaratildi. Mahalladagi mavjud muammolarni aniqlash maqsadida yettiliklar bilan muntazam uchrashuvlar o‘tkazish, fuqarolar bilan doimiy ravishda uchrashuvlar tashkil etish, har bir murojaat ortida inson taqdiri turganini chuqur anglagan holda, xalq ishonchini oqlashga bor kuch va bilimini safarbar etishini ta’kidladi.