Yangiliklar

Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi

Joriy yil 7-yanvar kuni Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi raisi Umidjon Haydarov va ijro organlari rahbarlari ishtirokida Mirzo Ulug‘bek mahallasi fuqarolari uchun sayyor qabul tashkil etildi. Qabulda jami 6 ta murojaat ko‘rib chiqildi.

Fuqarolar tomonidan bildirilgan har bir muammo yuzasidan ularni hal etish bo‘yicha tegishli tashkilot rahbarlariga aniq vazifalar yuklatildi. Murojaatlarning ijobiy hal etilishi va amaliy natija berishi ustidan Xalq deputatlari shahar Kengashi raisi tomonidan qat’iy nazorat o‘rnatildi.

Slide 1 of 8