Viloyat Kengash deputati 27- Kattaqo‘rg‘on saylov okrugiga qarashli mahallalar saylovchilari mahallalarda faoliyat olib borayotgan yoshlar yetakchisi, hokim yordamchisi xotin-qizlar faoli bilan yaqindan muloqot qildi, saylovchilarga qilingan ishlar bo‘yicha hisobot berdi.
Kattaqo‘rg‘on tumani Qo‘shovuz, Burgansoy, Qoqsoy va Moybuloq mahallalari aholisi uchun tashkil etilgan mazkur sayyor qabulda fuqarolar tomonidan 10 ga yaqin muammoli masalalar qayd etildi.
Uchrashuv davomida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, yangi qabul qilinayotgan qonunlar, Prezident Farmon va qarorlarining mazmun-mohiyati tushuntirildi. Aholini kambag‘allikdan chiqarish, ish bilan band etish va korrupsiya masalalariga alohida to‘xtaldi.
Saylovchilarni o‘ylantirib kelayotgan bir qator masalalarga tegishli idoralar vakillari bilan birgalikda yechim topildi va deputat nazoratiga olindi.