Xalq deputatlari Forish tumani Kengashi kotibiyati mudiri B.Botirov tomonidan Kengash kotibiyatida fuqarolarning murojaatlari tinglandi.
📝 Muloqot davomida fuqarolar tomonidan pensiya ta’minoti, jumladan, pensiya tayinlash va tegishli masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi. Murojaatlarni o‘rganishda O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 3-sentabrdagi 938-XII-sonli “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonuni talablari asosida masalalarga e’tibor qaratildi.
Fuqarolarning murojaatlarini qonunchilik doirasida ko‘rib chiqish hamda ularning huquq va manfaatlarini ta’minlash muhim vazifa hisoblanadi.