"Yangi hayot" mahallasida infratuzilma loyihalari o‘rganildi:
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari K.Abdullayeva va T.Murodovlar mahalla raisi bilan birgalikda deputat G.Shafoatova saylangan hudud — "Yangi hayot" mahallasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli qurilish va obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishdilar.
Loyiha doirasida rejalashtirilgan ishlar:
24,3 km ichimlik suvi tarmog‘ini tortish;
3,2 km piyodalar yo‘lagi (trotuar) barpo etish;
Zamonaviy sug‘orish tizimlarini o‘rnatish.
Bugungi kunga qadar amalga oshirilgan ishlar holati:
Ichimlik suvi: Hozirgacha 10 km masofaga suv quvurlari to‘liq yotqizildi. Qolgan 14,3 km qismida esa quvur yotqizish uchun chuqurlar qazish ishlari yakunlangan.
Piyodalar yo‘lagi: Jami 2,3 km masofada piyodalar yo‘lagi qurib bitkazildi.
Yo‘l infratuzilmasi: 2,8 km yo‘lga GPS (qum-shag‘al aralashmasi) to‘shalib, tekislash ishlari bajarildi.
Ayni vaqtda hududda qazish va betonlash ishlari jadal sur’atlarda davom etmoqda. Mas’ullar tomonidan ish sifatini amaldagi standartlarga muvofiq ta’minlash va belgilangan muddatlarda yakunlash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.