Kengash huzuridagi Ekspert guruhi tarkibi yangilandi:
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashining 2026-yil 16-apreldagi qarori bilan Kengash huzuridagi Ekspert guruhi tarkibiga o‘zgartirish kiritildi.
Asosiy maqsad: Oliy Majlis Senati Kengashining nizom va talablaridan kelib chiqib, ekspert guruhi faoliyatini yanada takomillashtirish hamda qarorlar loyihasini tayyorlashda soha mutaxassislarining ishtirokini kuchaytirish.
Vazifasi: Yangi tarkibdagi ekspertlar Kengash sessiyalariga kiritilayotgan masalalarni chuqur tahlil qilib, deputatlarga professional tavsiyalar berib boradi.
Bu o‘zgarish tuman Kengashi tomonidan qabul qilinayotgan qarorlarning sifati va samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.