Deputatlar hududdagi yangi yo‘l sifatini ko‘zdan kechirdilar
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati S.Nazarova, tuman Kengashi raisi S.Nazarov hamda deputatlar A.Avliyokulov, Sh.Norsayev va S.Xakimovlar Termiz tumanidagi “Qahramon” MFY hududida bo‘ldilar.
Tashrif davomida deputatlar Qahramon mahallasidagi "Istiqlol" ko‘chasi 910 metr va "Mustaqillik" ko‘chasi 410 metr foydalanishga topshirilgan ichki yo‘llarning holati va sifatini o‘rgandilar. O‘rganish jarayonida yo‘l qurilishi ishlarining standartlarga muvofiqligi hamda aholi uchun yaratilgan qulayliklarga alohida e’tibor qaratildi.
Xalq vakillari hudud infratuzilmasini yaxshilash borasidagi ishlar deputatlik nazoratida davom etishini ta’kidladilar.