Новости

Последние новости

янв.21
Kengash huzuridagi Ekspert guruhi tarkibi yangilandi:
янв.21
Muloqot va natija: Aholi murojaatlari — doimiy e’tiborda.
янв.21
Termiz tumanida yangi tibbiy ob’ekt: Aholi salomatligi yo‘lida muhim qadam
янв.21
Deputatlar va yoshlar: Hamkorlikning yangi bosqichi
янв.21
Termiz tumanida ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar: Ijro va natija tahlili
янв.21
Termiz tumanida yangi uy-joylar qurilishi: Xalqparvar komissiyasi nazoratida:
янв.21
"Yangi hayot"dagi o'zgarishlar: infrastruktura yangilanmoqda
янв.21
"Yangi hayot" mahallasida infratuzilma loyihalari o‘rganildi:
янв.21
Deputatlar “Qahramon” MFYda: bog‘cha va poliklinika faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Deputatlar hududdagi yangi yo‘l sifatini ko‘zdan kechirdilar
"Yangi hayot"dagi o'zgarishlar: infrastruktura yangilanmoqda

"Yangi hayot"dagi o'zgarishlar: infrastruktura yangilanmoqda

Xalq farovonligi yo'lidagi bunyodkorlik ishlari Termiz tumanida qizg'in davom etmoqda. Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari K.Abdullayeva va T.Murodovlar deputat G.Shafoatova saylangan "Yangi hayot" mahallasida bo'lib, loyihalar ijrosini ko'zdan kechirdilar.

Mahalladagi katta o'zgarishlar raqamlarda:

Elektr ta'minoti: Rejadagi 12,0 km tarmoq tortish ishlari doirasida yangi beton ustunlar o‘rnatilib, sim tortish ishlari boshlab yuborildi. Hududga 2 ta yangi transformator (TP) olib kelib o'rnatildi. Qolgan tayanchni o'rnatish uchun kavlash ishlari davom etmoqda.

Ko'prik qurilishi: Aholi uchun muhim bo'lgan yangi ko'prik qurilishi ayni vaqtda yakuniy bosqichda. Tez orada ushbu inshoot foydalanishga topshiriladi.

Yo'l masalasi: Mahalladagi 14,1 km yo'lni asfaltlash rejalashtirilgan. Hozirda ichimlik suvi tarmoqlari tortilayotganligi sababli, yo'l qoplamasiga zarar yetkazmaslik uchun asfaltlash ishlari suv quvurlari to'liq yotqizilgandan so'ng boshlanishi belgilandi.

Natija nima beradi?

Ushbu tizimli ishlar yakuniga etgach, "Yangi hayot" mahallasida yashovchi minglab aholining elektr ta'minoti barqarorlashadi, transport qatnovi yaxshilanadi va toza ichimlik suvi bilan ta'minlanadi.

"Bizning maqsadimiz — har bir loyihaning sifatli va aholi manfaatiga xizmat qiladigan tarzda bajarilishini ta'minlash," — deydi soha mutaxassislari.

Slide 1 of 5