Harbiy sport musobaqalari tashkillashtirildi.
“14-yanvar - Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan harbiylarning xizmatga tayyorgarligini yanada oshrish maqsadida hamda Vatanparvarlik oyligi doirasida tumandagi umumta'lim maktablarining chaqiruvga qadar tayyorlov fani oʻqituvchilari va oʻquvchilarining sport musobaqalari oʻtkazildi.
Sport musobaqalarida faol ishtirok etgan hamda g’olib boʻlgan ishtirokchilarga Xalq deputatlari tuman Kengashining deputatlari D.Xolmurotov va A.Kulbayev tomonlaridan esdalik sovg’alari va faxriy yorliqlar topshirildi.