Joriy yilning 13-yanvar kuni Yangihayot mahallasida Bo’ka tumani hokimi, xalq deputatlari Bo‘ka tumani Kengashi raisi B.Begmatov va Kengash kotibiyati mudiri, deputat A.Nishonov, Xalq qabulxonasi mudiri Z.Rahmonqulov, “mahalla yettiligi” hamda tegishli korxona-tashkilotlar rahbarlari ishtirokida fuqarolar sayyor qabuli o'tkazildi.
Ushbu qabulda 11 nafar fuqarolar tomonidan ijtimoiy nafaqalar, imtiyozli kredit olish, bandlik va ish bilan ta’minlash, kommunal sohaga oid masalalar yuzasidan 14 ta murojaatlar kelib tushdi. Murojaatlarning 2 tasi joyida hal etilgan bo‘lsa, 3 ta murojaat yuzasidan fuqarolarga tushuntirishlar berildi.
Muammolarni bartaraf etish yuzasidan nazorat reja ishlab chiqilib, ijroga yo'naltirildi.