Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining 17-"Marg‘ilon darvozasi" saylov okrugidan saylangan deputati B.Usmanov tomonidan "Marg‘ilon darvozasi" mahalla fuqarolar yig‘ini hududida o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida mahallaning Mehrigiyo ko‘chasi, 44-uyda istiqomat qiluvchi fuqaro Z.Po‘latovaning murojaati tinglandi. Fuqaro o‘z xonadoniga quyosh paneli o‘rnatish jarayonida hamda uy-joyining kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish bilan bog‘liq masalalarda muammolarga duch kelayotganini bildirib, ushbu masalalarda amaliy yordam so‘radi.
Murojaat doirasida quyosh panelini o‘rnatish va kadastr hujjatlariga oid muammolarni o‘rganish, shuningdek, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ularni hal etish imkoniyatlarini ko‘rib chiqishga e’tibor qaratildi.
Fuqarolarning murojaatlarini joyiga chiqqan holda o‘rganish, mavjud muammolarni aniqlash va ularning qonuniy yechim topishiga ko‘maklashish deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.
Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi