#24_ta_masala
#Ish_reja_ijrosi
#Oylik_ish_reja_ijrosi
📌 "Chag‘atoy" mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi S. Safarov tomonidan 10-Chag‘atoy saylov okrugi deputati Q. Raxamovga qarashli "Chag‘atoy" mahallasida amaliy o‘rganish o‘tkazildi.
📌 O‘rganish doirasida:
Deputatlik faoliyatining 24 ta asosiy yo‘nalishi doirasida mahalla ijtimoiy xodimi Sh. Salimovaning amalga oshirgan ishlari va erishgan natijalari ko‘rib chiqildi.
Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash, ularga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish va deputat hamda ijtimoiy xodim o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube