Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

Fuqaroning murojaati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining 17-"Marg‘ilon darvozasi" saylov okrugidan saylangan deputati B.Usmanov tomonidan "Marg‘ilon darvozasi" mahalla fuqarolar yig‘ini hududida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida mahallaning Sharq ko‘chasi, 4/17-uyda istiqomat qiluvchi fuqaro M. Alievaning murojaati tinglandi. Fuqaro Rossiya Federatsiyasida vafot etgan o‘g‘lining vafot etganligini tasdiqlovchi hujjatni olishda qiyinchiliklarga duch kelayotganini ma’lum qilib, ushbu masalada amaliy yordam so‘radi.

️Mazkur murojaatni o‘rganish orqali fuqaroga zarur hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi yuzasidan ko‘mak berish va masalani tegishli tartibda hal etish imkoniyatlarini ko‘rib chiqishga e’tibor qaratildi.

Deputatlik faoliyati doirasida fuqarolar murojaatlarini tinglash, ularning muammolarini o‘rganish hamda qonunchilik doirasida yechim topishga ko‘maklashish ishlari davom ettirilmoqda.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 2