Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan
#Haftalik_ish_reja_ijrosi
#Doimiy_komissiya_faoliyatidan
🏛 DOIMIY KOMISSIYANING NAVBATDAGI MASLAHAT YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI


📍 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi maslahat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

📝 Yig‘ilish davomida Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining bo‘lajak navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan muhim masalalar yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

🌱 Xususan, agrar soha, suv xo‘jaligi hamda ekologiya yo‘nalishlariga oid masalalarni ko‘rib chiqish, mavjud muammolarni tahlil qilish va ularning yechimi bo‘yicha takliflarni ishlab chiqishga alohida e’tibor qaratildi.

🤝 Muhokamalar davomida sessiya kun tartibidagi masalalarni puxta tayyorlash, ularni komissiya a’zolari bilan atroflicha ko‘rib chiqish hamda tegishli taklif va tavsiyalarni shakllantirish masalalari muhokama qilindi.

✅ Mazkur yig‘ilish sessiyada ko‘rib chiqiladigan masalalarni oldindan o‘rganish, ularning mazmun-mohiyatini tahlil qilish va samarali qarorlar qabul qilinishiga ko‘maklashishga qaratildi.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube
Slide 1 of 1