Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan
#VM_qarori
🏥 BOLALAR SALOMATLIGI — YUKSAK E’TIBOR MARKAZIDA

📚 HUQUQIY BILIMLARINGIZNI OSHIRING!


📌 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Bolalar milliy tibbiyot markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi VMQ-523-son qarori bolalar tibbiy xizmatini rivojlantirish va zamonaviy tibbiy yordam ko‘rsatish tizimini takomillashtirishga qaratilgan muhim huquqiy hujjatlardan biridir.

🏥 Mazkur qaror asosida O‘zbekiston Respublikasi Bolalar milliy tibbiyot markazi faoliyatini samarali tashkil etish, bolalarga yuqori malakali va zamonaviy tibbiy yordam ko‘rsatish, ilg‘or tibbiy texnologiyalarni amaliyotga joriy etish hamda tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish bilan bog‘liq masalalar belgilangan.

👶 BOLALAR SALOMATLIGI — MILLAT KELAJAGI!
🔹 Bolalarga sifatli va zamonaviy tibbiy xizmat ko‘rsatish;
🔹 murakkab kasalliklarni tashxislash va davolash imkoniyatlarini kengaytirish;
🔹 zamonaviy tibbiy texnologiyalarni joriy etish;
🔹 tibbiyot mutaxassislarining bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish;
🔹 xalqaro tajriba va ilg‘or davolash usullaridan foydalanish — bolalar tibbiyotini rivojlantirishning muhim yo‘nalishlaridandir.
🤝 Sog‘lom avlod — yurt kelajagi!

📖 Har bir bolaning sog‘lig‘ini asrash, ularga o‘z vaqtida va sifatli tibbiy yordam ko‘rsatish jamiyatning eng muhim vazifalaridan biridir.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube
Slide 1 of 1