Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

#Buni_bilasizmi

🏛 DEPUTATLIK NAZORATI — MUHIM VAZIFA


📌 Xalq deputatlari Kengashi qonunchilik hujjatlariga muvofiq mahalliy davlat boshqaruvi organlari rahbarlarining hisobot va axborotlarini eshitib, belgilangan vazifalar ijrosi ustidan deputatlik nazoratini amalga oshiradi.

🔎 Deputatlik nazorati orqali hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan vazifalar ijrosi, qabul qilingan qarorlarning bajarilishi hamda aholini qiynayotgan muammolarni hal etish masalalari o‘rganiladi.

🤝 Shuningdek, rahbarlarning hisobotlarini eshitish jarayonida mavjud kamchiliklar muhokama qilinib, ularni bartaraf etish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqiladi.

✅ Deputatlik nazoratining asosiy maqsadi — qonunchilik hujjatlari va Kengash qarorlari ijrosini ta’minlash, davlat organlari faoliyatining samaradorligini oshirish hamda fuqarolar manfaatlarini himoya qilishga ko‘maklashishdir.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube

Slide 1 of 1