Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga Oʻzbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan saylangan deputat Dj. Shaxmayev hamda kotibiyat mudiri Q. Bobojonov mas’ul tashkilotlar vakillari bilan birgalikda Qolgʻonsir mahallasida toza ichimlik suvi ta’minoti bilan bogʻliq aholi murojaatlarini joyiga chiqib oʻrgandilar.
Oʻrganish jarayonida mavjud muammolar tahlil qilinib, ularni bartaraf etish yuzasidan mutasaddilarga tegishli vazifalar belgilandi. Aholini sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash masalasi doimiy nazoratga olindi.
✅ Fuqarolar manfaatlari, ularning murojaatlari va hayot sifatini yaxshilashga qaratilgan ishlar izchil davom ettiriladi.