Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

Deputat va yoshlar uchrashuvi — muloqot va imkoniyatlar maydoni

Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat S. Xidirova 1-sonli Politexnikumda tashkil etilgan “Deputat va yoshlar” uchrashuvida ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida yoshlarni qiynayotgan masalalar, ularning taklif va tashabbuslari tinglandi. Shuningdek, ta’lim sifati, bandlik, tadbirkorlik imkoniyatlari hamda yoshlarning jamiyat hayotidagi faolligini oshirish masalalari yuzasidan ochiq muloqot olib borildi.
Deputat yoshlarni yurt taraqqiyotiga daxldor bo‘lishga, bilim va salohiyatini yanada rivojlantirishga chaqirdi hamda ularning qiziqtirgan savollariga batafsil javob berdi.
✨ Yoshlar bilan muloqot — kelajakka qaratilgan muhim qadam!
🤝 Deputat va yoshlar hamkorligi — taraqqiyot garovi!

Slide 1 of 4