Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat U. Raximjonov “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida Oltin vodiy mahallasida joylashgan 14-sonli umumta’lim maktabida bo‘lib, o‘quvchi-yoshlarning yozgi ta’til davrida bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Tashrif davomida maktabda tashkil etilgan to‘garaklar, sport va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar jarayoni ko‘zdan kechirildi. Yoshlarning qiziqishlari, iste’dodlarini ro‘yobga chiqarish hamda ularni foydali mashg‘ulotlarga jalb etish borasidagi ishlar yuzasidan fikr almashildi.
Yosh avlodning bilimli, faol va vatanparvar bo‘lib voyaga yetishi yo‘lida olib borilayotgan bunday tashabbuslar har tomonlama qo‘llab-quvvatlanmoqda.