Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga Oʻzbekiston „Adolat“ sotsial-demokratik partiyasidan saylangan deputat Dj. Shaxmayev hamda partiya kotibiyati mudiri Q. Bobojonovlar tomonidan Guluston hududidagi ko‘p qavatli uylar atrofi va bolalar sport maydonchalarining holati o‘rganildilar.
O‘rganish davomida hududlarning obodonlashtirilishi, bolalar uchun yaratilgan sharoitlar hamda sport maydonchalarining bugungi holatiga alohida e’tibor qaratildi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va aholi uchun yanada qulay muhit yaratish yuzasidan tegishli takliflar bildirildi.
✨ Farzandlarimizning sog‘lom va xavfsiz muhitda voyaga yetishi, mahallalarimizning yanada obod bo‘lishi — barchamizning ustuvor vazifamizdir.