Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat B. Yo‘lchiyev Mustaqillik mahallasida bo‘lib, ichki yo‘llarning holatini o‘rgandi.
O‘rganish jarayonida mahalla hududidagi yo‘llarning bugungi ahvoli, fuqarolar uchun yaratilgan qulayliklar hamda mavjud muammolar ko‘zdan kechirildi. Aholi bilan muloqot davomida yo‘l infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha taklif va mulohazalar tinglandi.
Deputat tomonidan aniqlangan masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish va mahallada qulay hamda xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
🛣 Ravon yo‘llar — mahalla taraqqiyoti va aholi farovonligining muhim omili!
🤝 Xalq bilan muloqot, muammolarga yechim sari amaliy qadam!