Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi kotibiyati mudiri B. Mo‘ydinov tomonidan deputatlar uchun yuritiladigan “Deputatlar ish yuritish” daftari bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berildi.
Unda daftarning to‘g‘ri yuritilishi, fuqarolar murojaatlari va deputatlik so‘rovlari hisobini yuritish, ijro nazoratini ta’minlash hamda hujjatlarni rasmiylashtirish tartiblari yuzasidan tavsiyalar bildirildi.
Shuningdek, deputatlik faoliyatida hujjatlar bilan ishlash talablari va hisobot yuritish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Mazkur tushuntirish ishlari deputatlik faoliyatini samarali tashkil etish va hujjatlar ijrosini tizimli yo‘lga qo‘yishga xizmat qiladi.