Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Mahalla infratuzilmasi – deputat e’tiborida
янв.21
📍 Deputat o‘rganuvi: ijara yerlaridan samarali foydalanish – e’tibor markazida
янв.21
💧 Aholi murojaati – amaliy yechim sari muhim qadam
янв.21
Deputat va yoshlar uchrashuvi — muloqot va imkoniyatlar maydoni
янв.21
🌟 Yoshlar bilan ishlash samaradorligi — deputatlar e’tiborida
янв.21
📍 Aholi manfaatlari — doimiy e’tiborda
янв.21
📍 Xalq deputatlari Bekobod tuman Kengashining agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Fuqarolar murojaati — amaliy e’tiborda
янв.21
📚🌿 Yoshlar bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish — kelajak sari muhim qadam
янв.21
📍 Hududlar obodligi — e’tibor markazida
Samarqand shaahrida Kengash kotibiyatlari uchun seminar tashkil etildi

Samarqand shaahrida Kengash kotibiyatlari uchun seminar tashkil etildi

O‘zbekistonda Respublikasida mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatini 2030-yilga qadar rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish bo‘yicha “YO‘L XARITASI”da mahalliy vakillik organlari ijro organidan alohida bo‘lgan binoda faoliyat yuritishi belgilab berilgan.

Shu maqsadda, Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi Kamol Otaturk ko‘chasi, 21-uy - yangi binosida o‘z faoliyatini davom ettirmoqda.
Binoning ochilish tadbiriga Xalq deputatlari viloyat, shahar va tuman Kengashi kotibiyati mudirlari va bosh mutaxassislari, Samarqand shahar Kengashi deputatlari ishtirok etishdi.

Dastlab ishtirokchilar, Kengash binosida deputatlar, doimiy komissiyalar va kotibiyat xodimlariga yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar, moddiy-texnik baza bilan yaqindan tanishdilar.
Tadbirniing ikkinchi qismida, Xalq deputatlari shahar va tuman Kengashlari kotibiyatlarining o‘tgan 5 oylik faoliyati sarhisob qilindi.

Tanqidiy-tahliliy tarzda o‘tgan seminarni Xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashi kotibiyati mudiri S.Usmonov olib bordi.

Yig‘ilishda o‘tgan davr mobaynida o‘tkazilgan sessiyalar, tasdiqlangan qarorlarning qonuniyligi, deputatlarning targ‘ibotlari va chiqargan deputatlik so‘rovlari shuningdek, Kengash kotibiyatlarining ijro intizomiga to‘xtalib o‘tildi.

Yo'l qo'yilgan kamchiliklar bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi. Kelgusida sessiyalarni muntazam va sifatli yoritish, aholiga yaqin bo‘lish va muammolarni tezkor hal etish, shuningdek OAV bilan ishlash — har bir deputatning asosiy vazifasi ekanligi yana bir bor ta'kidlandi.

Yuqori ko‘rsatkichli hududlar e’tirof etilib o‘tildi, Kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan mas’ullarga ishni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi, kelgusida bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslik qat’iy topshiriq sifatida belgilandi. 

Slide 1 of 9