Yangiliklar

#MADAD_NNT_bilan xamkorlik

#MADAD_NNT_xamkorlik

🏛 XALQ DEPUTATLARI QO‘SHKO‘PIR TUMANI KENGASHI
Huquqiy savodxonlikni oshirish — ustuvor vazifa
Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tumani Kengashi raisi M. Tangriberganov tuman “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti rahbari Ibodullayev Rasulbek Masharipovich bilan uchrashib, o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash hamda aholining huquqiy savodxonligini oshirish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan galdagi vazifalarni muhokama qildilar.
Suhbat davomida fuqarolarning huquqiy bilimlarini yuksaltirish, ularning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish, aholiga huquqiy maslahat va tushuntirishlar berish hamda fuqarolarning huquqiy madaniyatini oshirishda hamkorlikni kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, belgilangan vazifalarni izchil amalga oshirish, aholini qiynayotgan huquqiy muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularning qonuniy yechimiga ko‘maklashish yuzasidan fikr almashildi.

Slide 1 of 1