Yangiliklar

🏟️ SPORT MAYDONCHALARI FAOLIYATI O‘RGANILDI

📍 Sport infratuzilmasi — sog‘lom turmush tarzi garovi!
Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati Z. Polvonova tomonidan o‘z saylov okrugidagi sport maydonchalarining faoliyati o‘rganildi.
🔹 O‘rganish davomida sport maydonchalarining holati, mavjud sharoitlar hamda aholining, ayniqsa, yoshlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun yaratilgan imkoniyatlarga e’tibor qaratildi.
🔹 Shuningdek, sport inshootlaridan samarali foydalanish, ularni saqlash va yanada takomillashtirish masalalari ko‘rib chiqildi.
🎯 Maqsad: aholi, xususan, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, sport bilan shug‘ullanish uchun qulay sharoitlarni yaxshilash hamda ommaviy sportni rivojlantirish.