Yangiliklar

🍂 KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI

🏫 Ta’lim muassasalarida mavsumga hozirlik — deputat e’tiborida
Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati Z. Polvonova o‘z saylov hududidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari (DMTT) hamda umumta’lim maktablarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rgandi.
🔎 O‘rganish davomida:
🔥 Isitish tizimlarining mavsumga tayyorligi;
🏫 Ta’lim muassasalarining moddiy-texnik holati;
⚡️ Elektr energiyasi va tabiiy gaz ta’minoti;
🛠 Mavjud kamchiliklar hamda ularni bartaraf etish choralari ko‘zdan kechirildi.
✅ ASOSIY MAQSAD
Sovuq kunlarda ta’lim muassasalarida barqaror issiqlikni ta’minlash, bolalar va o‘quvchilar uchun qulay hamda xavfsiz sharoit yaratish, aniqlangan muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etishga ko‘maklashish.