AHOLI ISTE’MOLI UCHUN ZARUR MAHSULOTLAR NARXI VA TA’MINOTI O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tumani Kengashi deputati D. Sattorova Gulzor mahallasida bo‘lib, mahalla raisi O. Xolmuradov bilan hamkorlikda bozorlarda aholi kundalik ehtiyoji uchun zarur bo‘lgan oziq-ovqat va boshqa muhim mahsulotlarning narx-navosi hamda mavjud zaxiralari va ta’minot holatini o‘rgandi.
O‘rganish davomida aholining zarur mahsulotlarga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlash, narxlar barqarorligini kuzatib borish hamda bozorlarda mahsulotlar yetarli bo‘lishi masalalariga alohida e’tibor qaratildi.