AHOLI BANDLIGI — DEPUTATLIK NAZORATIDA
Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tumani Kengashi deputati D. Sattorova Yovg‘ir mahallasida bo‘lib, Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning yashash sharoiti va mavjud muammolarini o‘rgandi.
O‘rganish davomida P. Mahmud ko‘chasidagi 1/12-xonadonda yashovchi Dilorom Ametova hamda 1/13-xonadonda yashovchi Fotima Vaisovalarning bandlik masalasiga oid murojaatlari tinglandi. Suhbat jarayonida fuqarolarga mavjud imkoniyatlardan foydalanish, ish bilan ta’minlanish yo‘llari yuzasidan tegishli maslahat va tavsiyalar berildi.
Uchrashuvda aholining bandligini ta’minlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida o‘rganib, ularning yechimi yuzasidan amaliy choralar ko‘rish muhimligi ta’kidlandi.