#kotibiyat_mudiri_faoliyati #doimiy_komissiya_faoliyati
#nazorat_tahlil
“Shodlik” mahallasida ko‘p qavatli uylar qurilishi o‘rganildi
Xalq deputatlari tuman Kengashiga 13-Shodlik saylov okrugidan saylangan deputat N.Alimovning okrugida Kengash kotibiyati mudiri K.Muhammadiyev, Kengashning Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi o‘rinbosari, 25-Bo‘ston saylov okrugidan saylangan deputat K.Mirzayev bilan hamkorlikda hududda o‘rganish olib bordi.
O‘rganish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvardagi KQ-35-V-sonli qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, aholi turmush darajasini oshirishga qaratilgan dastur va loyihalar doirasida amalga oshirildi.
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 13-dekabrdagi “Surxondaryo viloyatini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda aholi turmush darajasini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-438-son qarorining 22-bandi ijrosi yuzasidan Qiziriq tumanidagi “Shodlik” va “Qishloqozon” mahallalarida ishlab chiqilgan master-reja asosida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
Master-rejaga muvofiq, “Shodlik” mahallasida 16 ta ko‘p qavatli uy qurilishi belgilangan. Mazkur vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida ko‘p qavatli uylar qurilishi uchun ajratilgan yer maydonlari auksion savdolariga chiqarilgan.
Hozirgi kunda 3 ta tashabbuskor tadbirkor tomonidan jami 4 ta ko‘p qavatli uy qurilishi ishlari olib borilmoqda. Jumladan, “Integral” MChJ tomonidan 2 ta, “Qiziriq Binokori” MChJ tomonidan 1 ta hamda “Karvon-SG mashina traktor parki” MChJ tomonidan 1 ta ko‘p qavatli uy qurilishi amalga oshirilmoqda.
O‘rganish davomida qurilish ishlarining borishi, belgilangan vazifalar ijrosi hamda loyihalarni o‘z vaqtida amalga oshirish masalalari ko‘zdan kechirildi.
Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram