#kotibiyat_xodimi_faoliyati
#mahalla_yettilig_bilan_hamkorlik
“Qishloqozon” mahallasida tadbirkorlik faoliyati o‘rganildi
Xalq deputatlari tuman Kengashiga 14-Qishloqozon saylov okrugidan saylangan deputat J.Xudoyqulovaning saylov okrugi hududidagi “Qishloqozon” mahallasida tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J.Donayev tomonidan mahalla raisi bilan birgalikda tadbirkorlar faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish davomida “Qishloqozon” mahallasining “Hurriyat” ko‘chasida aholi bandligini ta’minlash va yangi ish o‘rinlari yaratish maqsadida fuqaro tomonidan 17 million so‘m miqdorida imtiyozli kredit olinib, ushbu mablag‘ hisobidan sartaroshlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun zarur uskunalar xarid qilingani ko'rildi.
O‘rganish yakunida tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar berildi.
Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram