#kotibiyat_mudiri_faoliyati #doimiy_komissiya_faoliyati
#nazorat_tahlil
Deputat B.Ochildiyevning okrugidagi “Yetimqum” mahallasida infratuzilmaviy loyiha ijrosi o‘rganildi
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri K.Muhammadiyev, Kengashning Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi o‘rinbosari, 25-Bo‘ston saylov okrugidan saylangan deputat K.Mirzayev bilan hamkorlikda hududda o‘rganish olib bordi.
O‘rganish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvardagi KQ-35-V-sonli qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, aholi turmush darajasini oshirishga qaratilgan dastur va loyihalar doirasida amalga oshirildi.
Jumladan, “Taraqqiyot va yetakchilik maskani” dasturi doirasida “Yetimqum” mahallasi hududidan o‘tgan R-100 avtomobil yo‘li bo‘yidagi kollektorni yopiqqa aylantirish orqali hosil bo‘lgan yer maydonida savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlarini tashkil etish loyihasi ko‘zdan kechirildi.
Mazkur loyiha “SALAR JALIL” MChJ tomonidan amalga oshirilmoqda. O‘rganish davomida loyiha asosida 750 metr uzunlikdagi zovurni ko‘mish ishlari to‘liq yakunlangani, shuningdek, 750 metr masofada do‘kon qurilishi uchun 100 metrdan ortiq uzunlikda fundament quyish ishlari olib borilayotgani aniqlandi.
Ayni paytda loyiha doirasida zarur qurilish materiallarini jamg‘arish va tayyorlash ishlari ham davom ettirilmoqda.
Amalga oshirilayotgan ishlar joyida ko‘zdan kechirilib, loyihaning belgilangan vazifalar asosida davom ettirilishi yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.
Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram