#kotibiyat_xodimi_faoliyati #aholi_murojaatlari
#mahalla_yettilig_bilan_hamkorlik
“Oqjar” mahallasida fuqarolar murojaati o‘rganildi
Xalq deputatlari tuman Kengashiga 19-Zarbdor saylov okrugidan saylangan deputat — tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J.Donayev o‘zi saylangan saylov okrugi hududidagi “Oqjar” mahallasida o‘rganish olib bordi.
O‘rganish davomida mahalla raisi bilan birgalikda fuqarolarning murojaatlari tinglanib, hududdagi mavjud muammolar muhokama qilindi. Xususan, mahallaning “Ko‘klam” ko‘chasining 800 metr qismini asfaltlash yuzasidan fuqarolar tomonidan murojaatlar kelib tushgani ma’lum bo‘ldi.
Mazkur murojaat deputat joyiga chiqib o'rganib, murojaatlar daftariga qayd etilib, masalani tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish maqsadida deputatlik so‘rovi yuborish rejalashtirildi.
Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram