#kunlik_ish_reja_ijrosi
#deputat_faoliyati
#kotibiyat_xodimi_faoliyati
#162_ta_Qonunlar_ijrosi
#24_ta_tavsiyalar_ijrosi
Bandixon tumanida deputatlik nazorati: "Birdamlik" mahallasida ijtimoiy-iqtisodiy muammolar o‘rganildi
Bandixon tumanida aholi farovonligini ta’minlash, hududiy ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni o‘z vaqtida aniqlash hamda fuqarolar murojaatlarini ijobiy hal etish borasida deputatlik nazorati tadbirlari amalga oshirilmoqda.
Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashiga 8-Birdamlik saylov okrugidan saylangan deputat B.Rajabov hamda tuman Kengashi bosh mutaxassisi E.Eshonqulov "Birdamlik" MFYda bo‘lib, uyma-uy yurgan holda aholi murojaatlarini o‘rgandilar.
Tashrif davomida aholining yashash sharoitlari, hududiy ijtimoiy-iqtisodiy masalalar hamda kommunal-infratuzilma holati xonadonbay tahlil qilindi.
Muloqotlar davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan barcha masalalar ro‘yxatga olinib, ularni mas’ul idoralar bilan hamkorlikda hal etish yuzasidan tegishli tashkilotlar nomiga deputatlik so‘rovlari chiqarilishi belgilandi.