35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Takiya mahallasida jamoat xavfsizligi masalalari muhokama qilindi
янв.21
“Yangi O‘zbekiston” massivi: bunyodkorlik ishlari izchil davom etmoqda
янв.21
“Oqjar” mahallasida fuqarolar murojaati o‘rganildi
янв.21
“Xalqobod” mahallasida profilaktika inspektori faoliyati bilan tanishildi
янв.21
Deputat B.Ochildiyevning okrugidagi “Yetimqum” mahallasida infratuzilmaviy loyiha ijrosi o‘rganildi
янв.21
“Qishloqozon” mahallasida tadbirkorlik faoliyati o‘rganildi
янв.21
"Navro'z" mahallasida muommolar o'rganildi
янв.21
“Do‘stlik” mahallasida mikroloyihalar va yoshlar bilan ishlash holati o‘rganildi
янв.21
“Shodlik” mahallasida ko‘p qavatli uylar qurilishi o‘rganildi
янв.21
“Yetimqum” mahallasida aholi muammolari va ijtimoiy himoya masalalari o‘rganildi
Kengash_faoliyati

#kunlik_ish_reja_ijrosi
#deputat_faoliyati
#kotibiyat_xodimi_faoliyati
#162_ta_Qonunlar_ijrosi
#24_ta_tavsiyalar_ijrosi

Bandixon tumanida deputatlik nazorati: "Obod yurt" mahallasida ijtimoiy va infratuzilmaviy muammolar o‘rganildi

Bandixon tumanida aholi turmush sharoitini yaxshilash, hududiy infratuzilmani modernizatsiya qilish va fuqarolarni qiynayotgan ijtimoiy masalalarga tezkor va ijobiy yechim topish borasida deputatlik nazorati izchil amalga oshirilmoqda.

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashiga 12-Obod yurt saylov okrugidan saylangan deputat N.Allamuratovaga biriktirilgan tuman Kengashi bosh mutaxassisi E.Eshonqulov "Obod yurt" mahallasida bo‘lib, nazorat-tahlil va o‘rganish ishlarini olib bordi.

O‘rganishlar davomida mahallaning ichki yo‘llari holati, elektr va ichimlik suvi ta’minoti, obodonlashtirish hamda ijtimoiy muhit atroflicha tahlil qilindi. Muloqotlar davomida fuqarolar va mahalla faollari tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar qayd etildi.

Tashrif yakunida aniqlangan muammolarni mutasaddi idora va tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish hamda qat'iy ijro intizomini ta’minlash maqsadida tegishli idoralar rahbarlari nomiga deputatlik so‘rovlari yuborilishi belgilandi.

Slide 1 of 2