35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Takiya mahallasida jamoat xavfsizligi masalalari muhokama qilindi
янв.21
“Yangi O‘zbekiston” massivi: bunyodkorlik ishlari izchil davom etmoqda
янв.21
“Oqjar” mahallasida fuqarolar murojaati o‘rganildi
янв.21
“Shodlik” mahallasida ko‘p qavatli uylar qurilishi o‘rganildi
янв.21
“Do‘stlik” mahallasida mikroloyihalar va yoshlar bilan ishlash holati o‘rganildi
янв.21
“Qishloqozon” mahallasida tadbirkorlik faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Xalqobod” mahallasida profilaktika inspektori faoliyati bilan tanishildi
янв.21
"Navro'z" mahallasida muommolar o'rganildi
янв.21
Deputat B.Ochildiyevning okrugidagi “Yetimqum” mahallasida infratuzilmaviy loyiha ijrosi o‘rganildi
янв.21
“Yetimqum” mahallasida aholi muammolari va ijtimoiy himoya masalalari o‘rganildi
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala #_Dasturlar_ijrosi_deputat_nazoratida
#_deputat_faoliyati
#_24_ta_masala
#_Dasturlar_ijrosi_deputat_nazoratida


Sariosiyo tumanida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari loyihalari doimiy nazoratda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi “2026-2028-yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-393-sonli qarori ijrosini ta‘minlash maqsadida Sariosiyo tumanida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari loyihalari amalga oshirilmoqda.
Xalq deputatlari tuman Kengashining "7-Tortuli" saylov okrugidan saylangan deputat, Kengash raisi M.Ashurov o‘z okrugida xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Melikovlar bilan birgalikda "Tortuli" mahallasidagi 24-sonli maktabda bo‘lib, u yerda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-393-sonli qarori doirasida amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi.

Ushbu qaror asnosida "Tortuli" mahallasidagi 24-sonli umumta‘lim maktabi hududida qo'shimcha 300 o‘rinli yangi o'quv binosi qurilish ishlari o'rganildi. Shuningdek, maktabning 100 o‘rinli eski binosini ham mukammal ta'mirlash ishlari amalga oshirilishi nazorat qilindi.
Deputat tomonidan olib borilayotgan bunday nazorat tadbirlari — davlat mablag‘larining xalq manfaatiga xizmat qilishini ta’minlaydi.
Slide 1 of 5