35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Takiya mahallasida jamoat xavfsizligi masalalari muhokama qilindi
янв.21
“Yangi O‘zbekiston” massivi: bunyodkorlik ishlari izchil davom etmoqda
янв.21
“Oqjar” mahallasida fuqarolar murojaati o‘rganildi
янв.21
“Xalqobod” mahallasida profilaktika inspektori faoliyati bilan tanishildi
янв.21
“Shodlik” mahallasida ko‘p qavatli uylar qurilishi o‘rganildi
янв.21
“Qishloqozon” mahallasida tadbirkorlik faoliyati o‘rganildi
янв.21
"Navro'z" mahallasida muommolar o'rganildi
янв.21
“Do‘stlik” mahallasida mikroloyihalar va yoshlar bilan ishlash holati o‘rganildi
янв.21
Deputat B.Ochildiyevning okrugidagi “Yetimqum” mahallasida infratuzilmaviy loyiha ijrosi o‘rganildi
янв.21
“Yetimqum” mahallasida aholi muammolari va ijtimoiy himoya masalalari o‘rganildi
“Ozodlik” MFYda 24 ta tavsiya asosida o‘rganish ishlari olib borildi

Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha ishlab chiqilgan 24 ta tavsiya ijrosini ta’minlash yuzasidan amaliy ishlar davom etmoqda.

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi kotibiyati mudiri B.Moydinov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A.Appaqov tomonidan “Ozodlik” MFYda o‘rganish ishlari olib borildi.

Tashrif davomida mahalla yettiligi faoliyati, aholi murojaatlari bilan ishlash hamda tavsiyalarda belgilangan vazifalar ijrosi o‘rganildi.

Shuningdek, qonuniylikni ta’minlash, ochiqlik va shaffoflik tamoyillariga rioya etish, korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Shu bilan birga, 2026-yil 16-iyuldagi videoselektor yig‘ilishida belgilangan “Mahallalarga yangi muhit olib kirish” va “mahalla yettiligi” faoliyatini takomillashtirishga oid ustuvor vazifalar yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Slide 1 of 2