Deputat maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyatini o‘rgandi
Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashiga 23-Navbur saylov okrugidan saylangan deputat Q.Igamberdiyeva o‘z hududidagi “Istara” mahallasida joylashgan 12-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘ldi.
O‘rganish davomida deputat tomonidan muassasada tarbiyachilar faoliyati, bolalarga yaratilgan sharoitlar hamda bog‘cha hamshirasi tomonidan olib borilayotgan tibbiy nazorat ishlari bilan yaqindan tanishildi.
Shuningdek, tarbiyalanuvchilarning sog‘lom va sifatli ta’lim-tarbiya olishi uchun yaratilgan imkoniyatlar, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi hamda muassasaning kundalik faoliyati yuzasidan mas’ullar bilan suhbat o‘tkazildi.
Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram
#Q_Igamberdiyeva