Deputat mahallada olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi
Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashiga Navbur saylov okrugidan saylangan deputat Q.Igamberdiyeva “Istara” mahallasida bo‘lib, hokim yordamchisi hamda xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
O‘rganish davomida hokim yordamchisi ko‘magida ajratilgan imtiyozli kreditlar asosida elektr skuter hamda chorva mollari xarid qilib, o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘ygan fuqarolar faoliyati ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, fuqarolar bilan suhbat o‘tkazilib, aholi bandligini ta’minlash, oilalar daromadini oshirish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar muhokama qilindi.
Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram
#Q_Igamberdiyeva