35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Takiya mahallasida jamoat xavfsizligi masalalari muhokama qilindi
янв.21
“Yangi O‘zbekiston” massivi: bunyodkorlik ishlari izchil davom etmoqda
янв.21
“Oqjar” mahallasida fuqarolar murojaati o‘rganildi
янв.21
“Shodlik” mahallasida ko‘p qavatli uylar qurilishi o‘rganildi
янв.21
“Do‘stlik” mahallasida mikroloyihalar va yoshlar bilan ishlash holati o‘rganildi
янв.21
“Qishloqozon” mahallasida tadbirkorlik faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Xalqobod” mahallasida profilaktika inspektori faoliyati bilan tanishildi
янв.21
"Navro'z" mahallasida muommolar o'rganildi
янв.21
Deputat B.Ochildiyevning okrugidagi “Yetimqum” mahallasida infratuzilmaviy loyiha ijrosi o‘rganildi
янв.21
“Yetimqum” mahallasida aholi muammolari va ijtimoiy himoya masalalari o‘rganildi
#24_tavsiya asosida

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Baxromov Isoxon tomonidan 9-maktabda navbatdagi uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuv davomida ta’lim muassasasining umumiy faoliyati atroflicha ko‘zdan kechirilib, xususan, ma’naviyat burchaklari, zamonaviy o‘qitish uslublarini joriy etish holati hamda olib borilayotgan monitoring ishlari tahlil qilinib. Shuningdek, maktabning sport zallari faoliyati ham o‘rganilib, o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlarga alohida e’tibor qaratildi. Bundan tashqari, maktabda tashkil etilgan yo‘l harakati xavfsizligi xonasi zamonaviy jihozlar bilan ta’minlangani deputat tomonidan ijobiy baholanib, bu yerda o‘quvchilarga yo‘l harakati qoidalarini amaliy va nazariy jihatdan o‘rgatish yo‘lga qo‘yilgani e’tirof etildi. Uchrashuv yakunida pedagog xodimlar bilan suhbat o‘tkazilib, ta’lim sifatini yanada oshirish, yoshlar tarbiyasida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni kuchaytirish hamda mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan deputat tomonidan taklif va mulohazalar bildirildi.

Slide 1 of 1