“ENG FAOL DEPUTAT” KOʻRIK-TANLOVINING VILOYAT BOSQICHI BOʻLIB OʻTDI
Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi Navoiy viloyat Kengashi tomonidan tashkil etilgan “Eng faol deputat” koʻrik-tanlovining viloyat bosqichi Navoiy davlat konchilik universitetida boʻlib oʻtdi.
Mazkur koʻrik-tanlov deputatlarning siyosiy faolligini oshirish, ularning deputatlik vakolatlarini amalga oshirishdagi tashabbuskorligini ragʻbatlantirish hamda ilgʻor tajribalarni ommalashtirish maqsadida tashkil etildi.
Tanlov davomida ishtirokchilar deputatlik faoliyati, aholi bilan ishlash tajribasi, murojaatlar ijrosi, deputatlik nazorati va partiya dasturiy maqsadlarini amalga oshirishdagi faolligi boʻyicha baholandi.
Tadbir yakunida ishtirokchilarga tashakkurnomalar va esdalik sovgʻalari topshirildi.