Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
VATAN HIMOYASI – KONSTITUTSIYAVIY BURCH
янв.21
Tuman hokimi Bekzod Bobomurodov hamda xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Yu.Axmedov Varozun mahallasi hududida 30 gektar maydonda bunyod etilayotgan "Chorvachilik mikromarkazlari kompleksi"da amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida ushbu manzilga bordi.
янв.21
Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashining o‘n beshinchi sessiyasi o‘tkazildi.
янв.21
Ta’lim va tarbiya jarayoni deputat nazoratida
янв.21
YASHIL MAKON – SOG‘LOM HAYOT DEMAKDIR
янв.21
AZIZOBOD – ZAMONAVIY MAHALLAGA AYLANMOQDA
янв.21
Kuz-kish mavsumiga tayyorgarlik holati hamda tozalik va obodonlashtirish ishlari olib borilishi o'rganildi
янв.21
O'rganishlar davom etmoqda.
янв.21
Deputat tomonidan kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o'rganildi
янв.21
Deputat tomonidan kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o'rganildi
VATAN HIMOYASI – KONSTITUTSIYAVIY BURCH

VATAN HIMOYASI – KONSTITUTSIYAVIY BURCH

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 33 yilligi bayramiga bag‘ishlab Qiziltepa tumanidagi 7532 harbiy qism 3-batalonida harbiy xizmatchilar ishtirokida “Vatan himoyasi – konstitutsiyaviy burch” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi.

Tadbirda tuman Ma’naviyat va ma’rifat bo‘linmasi rahbari N.Kenjayev, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati U.Bobojonov, Adliya bo‘limi huzuridagi Davlat xizmatlari markazi direktori A.Umarov, tuman FHDY bo‘limi inspektori H.Qurbanovlar ishtirok etib, yangilangan Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati, fuqarolarning huquqlari, burch va erkinliklarining kafolati va sohaviy islohotlar to‘g‘risida fikr bildirib, harbiy xizmatchilarga bir qator ma’lumotlar berdilar.

Jarayonda askarlar bilan mavzuga oid qiziqarli savol-javob ham o‘tkazilib, bilimdon yoshlarga Konstitutsiya kitoblari sovg‘a qilindi.

Mehmonlar harbiy qism faoliyati, yaratilgan sharoitlar va amalga oshirilgan ishlar bilan ham tanishdilar.

Slide 1 of 9