BOZORDAGI NARX-NAVOLAR O‘RGANILDI.
Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashi deputati U.Bobojonov hamda tegishli mas’ullar bilan tuman Markaziy dehqon bozorida bo‘ldi.
Bozorga tashrif jarayonida narx-navo bilan tanishildi, sotuvchi va xaridorlar bilan suhbatlashildi.
Bozordagi sotuvchilar joylashuvining betartibligi hamda bozor atrofidagi obodonlashtirish ishlari o‘z holiga tashlab qo‘yilganligi bo‘yicha mas’ullarga e’tiroz bildirib, ushbu muammolarni zudlik bilan bartaraf etish bo‘yicha topshiriqlar berildi.