YASHIL MAKON – SOG‘LOM HAYOT DEMAKDIR
Qiziltepa tumanidan o'tgan M-37 xalqaro avtomagistral yo‘li yoqasida "Yashil makon" umummilliy dasturi doirasida tashkil etilayotgan yangi bog'da joriy yilning kuzgi mavsumiga start berildi.
Tadbir avvalida tuman hokimi Bekzod Bobomurodov so'zga chiqib, barchaga "Yashil makon" umumilliy harakati doirasida amalga oshirilayotgan ishlar tabiatimiz, sog'lig'imiz uchun nechog'lik muhim ekanligi haqida to'xtalib o'tdi.
Mazkur tadbirda tuman Kengashi xodimlari hamda tuman Kengash deputatlari (U.Bobojonov, F.Temirov, Sh.Ochilov va boshqalar) faol ishtirok etib, jonbozlik ko‘rsatishdi.