Saylov yakunlanganidan so‘ng, xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Ziyo Parizod tomonidan “Miskin” mahallasi fuqarolari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Mazkur uchrashuvda aholi turmush tarziga taalluqli dolzarb masalalar, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar tinglandi.
Fuqarolar tomonidan bildirgan murojaat va mulohazalar deputat tomonidan batafsil qayd etilib, ularni mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda ko‘rib chiqish hamda ijobiy hal etish bo‘yicha tegishli topshiriqlar belgilandi.
Uchrashuv yakunida aholining ijtimoiy himoyasi, mahalla infratuzilmasini yaxshilash, yoshlar bandligini oshirish va hududdagi dolzarb ehtiyojlarni bosqichma-bosqich bartaraf etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rilishi ta’kidlandi.