Yangiliklar

Deputat mahallada

Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashi deputati, XDP a`zosi Qodirova Iroda Zulqaynarovna O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 2-apreldagi “Aholi muammolari bilan ishlashda mahalla institutining mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to'g'risida” gi PF-5700-son farmoni ijrosini ta'minlash maqsadida O'zbekiston mahallasida bo'ldi.
Mahallada mavjud muammolar bilan tanishdi va kelgusida bajariladigan ishlar to‘grisida mahalla raisi bilan kelishib olindi. Bundan tashqari, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 21-oktyabrdagi “Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi 654-son qarori ijrosini ta'minlash maqsadida kam ta`minlangan, extiyojmand, nogironligi bo‘lgan oilalarni xonadonida ham bo‘lib, ularning muammolari bilan tanishdi.  

Slide 1 of 3