MAHALLABAY ISHLASH TIZIMI — DEPUTAT NAZORATIDA
Aholi daromadlarini oshirish
va kambag‘allikni qisqartirishda Hokim yordamchilari eng muhim bo‘g‘in
hisoblanadi. Shu bois, 15-Fayzabod saylov okrugi deputati D.Komilova hududdagi
Hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini o‘rgandi.
O‘rganish markazida nimalar bo‘ldi?
"Kambag‘allikdan farovonlik sari" dasturi doirasida xonadonbay
xatlov natijalari;
Ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish va bandligini ta’minlash;
Tadbirkorlik boshlash istagidagi fuqarolarga imtiyozli kredit va
subsidiyalar ajratilishi.
Tahlil va natija: Deputat o‘rganish davomida Fayzabod mahallasidagi
kambag‘allik reyestriga kiritilgan oilalar bilan individual suhbatlashdi. Hokim
yordamchisining har bir oila uchun ishlab chiqqan "individual
dasturi" va ularning ijrosi tahlil qilindi.