XOTIN-QIZLAR FAOLINING ISH SAMARADORLIGI DEPUTAT NAZORATIDA
Mahallalarda xotin-qizlarning muammolarini tizimli hal etish va ularni
ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bugungi kunning muhim vazifasidir. Shu munosabat
bilan, 15-Fayzabod saylov okrugi deputati D.Komilova hududdagi xotin-qizlar
faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandi.
O‘rganish davomida nimalarga e’tibor
qaratildi?
“Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar bilan ishlash va ularni
ro‘yxatdan chiqarish choralari;
Og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan ayollarga ko‘rsatilayotgan psixologik
va huquqiy yordam;
Xotin-qizlar bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish va
tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash holati.