Tibbiy xizmat sifati — deputat nazoratida
Aholi salomatligini muhofaza qilish va ularga o‘z
vaqtida, sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi eng muhim masalalardan biridir.
Bugun 16-Suvti saylov okrugi
deputati G‘. Komilov tomonidan hududdagi tibbiyot maskanlarida o‘rganish
ishlari olib borildi.
🔍 O‘rganish davomida nimalarga e’tibor qaratildi?
Deputat tibbiyot muassasalari faoliyati bilan yaqindan tanishish davomida quyidagi jihatlarni tahlil qildi:
Tezkorlik: Tibbiy yordam ko‘rsatish;
Sifat: Tibbiy xizmat darajasi va aholining ushbu xizmatlardan mamnunligi;
Dori-darmon ta’minoti: Zarur tibbiy vositalar va dorilarning mavjudligi.
📝 Natija: O‘rganish davomida aniqlangan yutuqlar bilan bir qatorda, ayrim kamchiliklar yuzasidan ham mas’ullarga
tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.