XAVFSIZ MAHALLA — DEPUTAT NAZORATIDA
Aholining tinch va osoyishta hayot kechirishini ta’minlash, jinoyatchilikka qarshi kurashish har bir
mutasaddining ustuvor vazifasidir. Shu maqsadda, 15-Fayzabod saylov okrugi
deputati D.Komilova hududdagi jinoyatchilikka qarshi kurashish holatini o‘rgandi.
O‘rganishning asosiy yo‘nalishlari:
"Qizil" va "sariq" toifaga kiritilgan hududlarda
jinoyatchilikni jilovlash bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar;
Huquqbuzarliklar profilaktikasi inspektorining mahalla faollari bilan
hamkorligi;
Jinoyat sodir etishga moyilligi bo‘lgan shaxslar va uyushmagan yoshlar
bilan olib borilayotgan yakka tartibdagi ishlar.
Tahlil va chora-tadbirlar: Deputat o‘rganish davomida jinoyatchilik
ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan hududlarda "fuqarobay" ishlash
tizimini tahlil qildi. Mahalladagi tungi patrul xizmati va "Xavfsiz
mahalla" tamoyili asosida o‘rnatilgan kuzatuv kameralarining ishchi holati
ko‘zdan kechirildi.
✨ Tinchlik bor joyda taraqqiyot bo‘ladi!