Xalq bilan muloqot — muammolarni bartaraf etishning eng samarali yo‘li. Bugun5- mart kuni "Mo‘minobod" MFYda aholining turmush sharoitini yaxshilash va mavjud kamchiliklarni joyida o‘rganish maqsadida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi.
Uchrashuvda 7-Birdamlik saylov okrugi deputati A.Mo‘minov hamda 4-Maylabod saylov okrugi deputati T.Shodmonqulov ishtirok etib, fuqarolarning murojaatlarini tingladilar.
Uchrashuvda korxona rahbarlari va "mahalla yettiligi" ham qatnashdi.
Asosiy murojaatlar:
Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketish;
Kommunal sohadagi muammolar;
Tibbiy xizmat sifatini oshirish.
Natija: Aksariyat masalalar joyida o‘rganildi. Tibbiyot yo‘nalishidagi yechimi vaqt talab etadigan murojaatlar bo‘yicha mutasaddilarga topshiriqlar berilib, deputatlik nazoratiga olindi.
Xalq muammosi — deputat e’tiborida!